Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

"O‘zbekgeofizika" AJda ayollar uchun gender tengligi bo‘yicha seminar-trening

18.03.2025
54

2025-yil 18-mart kuni "O‘zbekgeofizika" AJda faoliyat yuritayotgan ayollar uchun Toshkent davlat milliy universiteti o‘qituvchi-psixologlari S. Ismoilova va A. Xamidova tomonidan “Ayollarning ish va oiladagi o‘rni” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbir davomida jamiyatda faoliyat yuritayotgan ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga oid nazariy va amaliy masalalar muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan olib borilgan treninglar ishtirokchilarga shaxsiy faolligini yuksaltirish, oilaviy muhitni yaxshilash hamda muhim hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini berdi.

Mazkur tadbir O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosati doirasida tashkil etildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech