“O‘zbekgeofizika” AJ — xalqaro tanlovda faxrli ikkinchi o‘rin!

Joriy yilning 6 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining Almetyevsk shahrida “Neft va gaz sanoati xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan “Tatneft” guruhining yetakchi kasb egalari yosh ishchilari o‘rtasida “PROFNEFT” kasb mahorati tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa o'zining uzoq tarixida birinchi marta xalqaro formatga ega bo'ldi. Tanlovda ilk bor “O‘zbekgeofizika” AJ ning kon-geofizika partiyasi xodimlari ham ishtirok etib, qizg‘in bahslarda o‘zlarini munosib ko‘rsatdilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra “O‘zbekgeofizika” AJ jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
Tanlovdan ko‘zlangan maqsad kasbiy mahorat, texnik tayyorgarlik darajasini oshirish, kon-geofizika partiyalari xodimlari o‘rtasida tajriba almashishdan tashqari, geofizika kasbini ommalashtirishdan iborat.