“Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi” filialida xalqaro standartlar asosida ichki audit yakunlandi

2025-yil 24–26-sentyabr kunlari "O'zbekgeofizika" AJ "Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi” filialida ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari bo‘yicha korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ichki auditi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Audit davomida:
tizimning amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi,
risklarga qarshi choralar samaradorligi,
profilaktik mexanizmlarning mavjudligi baholandi.
Shuningdek, xodimlar uchun seminarlar va test sinovlari tashkil etilib, korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha bilimlar mustahkamlandi.
Ushbu tadbirlar jamiyatda halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini yanada mustahkamlash, hamda xalqaro standartlarga mos menejment tizimini doimiy takomillashtirishga xizmat qiladi.