Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJda Mustaqillikning 34 yilligiga bag'ishlangan tadbir haqida

27.08.2025
137

Joriy yilning 28-avgust kuni “O‘zbekgeofizika” AJ yurtimiz Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda jamiyat rahbariyati, mas’ullar hamda korxona xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida rahbariyat bayram tabrigini yo‘llab, barchani – Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda, xususan, neft va gaz geologiyasi sohasida erishilgan yutuqlar, taraqqiyot yo‘lida mehnatkash xalqimizning o‘rni hamda bunyodkorlikka qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan “O‘zbekgeofizika” AJ jamoasi vakili Urazmetov Shermuxammat Djumabayevichning “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog” faxriy unvoni bilan taqdirlangani davlatimiz rahbari tomonidan geologiya sohasiga bildirilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol ifodasi ekani alohida qayd etildi.

Shundan so‘ng Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo‘limi hamda Ichki nazorat bo‘limi rahbarlari so‘zga chiqib, Jamiyat ichki tartib-qoidalarini yana bir bor eslatib o‘tdilar. Shuningdek, jamoa a’zolari bayram kunlarida hushyorlik va mas’uliyatni oshirish, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga chorlandi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech