“O‘zbekgeofizika” AJda yosh geofiziklar ko‘rik-tanlovi
 
                        
                        Joriy yilning 25–26-sentabr kunlari geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor Toshpo‘lat Lepesovich Babadjanovning 90 yilligi munosabati bilan “O‘zbekgeofizika” AJda “Eng ilg‘or geofiziklar” ko‘rik-tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Finalda filial va bo‘linmalardan saralangan 6 jamoa quyidagi yo‘nalishlarda bellashdi:
Umumiy geologiya
Dala geofizikasi
 Kon geofizikasi
Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi
 Geologiya sohasida davlat siyosati
Natijalar:
 Ustyurt GE jamoasi
 Toshkent bo‘linmalari jamoasi
Buxoro GE jamoasi
G‘olib va sovrindorlarga kubok, sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
 
  


