Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

"O‘zbekgeofizika" AJning dala ishlaridagi xalqaro tajribasi

07.10.2025
125

"O‘zbekgeofizika" AJ Rossiyaning "OOO Udmurtneftegeofizika" kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida Udmurtiya Respublikasidagi (Rossiya Federatsiyasi) Zakamsk litsenziya uchastkasida UCHN-3D usuli bilan seysmorazvedka ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Uch oy davomida jamiyat xodimlari belgilangan vazifalarni samarali bajardilar hamda yuqori darajadagi professionallikni namoyon etdilar. Umumiy maydoni 160 kv.km bo‘lgan ishlar portlov usulida to‘lqinlarni qo‘zg‘atish orqali amalga oshirildi, bunda ixcham burg‘ulash qurilmasi qo‘llanildi. Nominal kuzatuv karalligi 81 bo‘lib, 3240 ta faol kanal joylashuvi ishlatildi. Ishlar sifatli va o‘z vaqtida bajarildi, tomonlar erishilgan natijalardan mamnunlik bildirdilar.

Bu Rossiya hududida Rossiya kompaniyasi bilan amalga oshirilgan ikkinchi qo‘shma loyihadir. Bundan tashqari, hozirda "O‘zbekgeofizika" AJ tomonidan Qirg‘iziston Respublikasi hududidagi Janubiy Karagunday maydonida " Qirg‘izgeofizika" OAJ kompaniyasi uchun UCHN-2D seysmorazvedka ishlariga supervayzing xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Bunday xalqaro loyihalarning amalga oshirilishi geofizika sohasida professional hamkorlikning rivojlanishiga xizmat qiladi. "O‘zbekgeofizika" AJ ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va geofizik tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarda ishtirok etish orqali xalqaro faoliyatini kengaytirishga intilishni davom ettiradi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech