“O‘zbekgeofizika” AJ xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi o‘quv kursi
2025-yil 6–10-oktabr kunlari “CERT International” xalqaro auditorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablari asosida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mazkur tadbir “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi” doirasida, jamiyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyil bo‘lgan sohalarda halollik va shaffoflik madaniyatini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Maxsus o‘quv kursida “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” hamda “Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi” filiallarining 40 nafardan ortiq xodimlari korrupsiyaning oldini olish, uning sabablari va elementlarini aniqlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.



