ISO 37001:2016 – Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi bo‘yicha ichki audit yakunlandi!
Joriy yilning 14–17-oktabr kunlari “O‘zbekgeofizika” AJning “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filialida korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro standart talablari asosida ichki audit muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Audit davomida tizimning amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi, risklarga qarshi choralar samaradorligi hamda profilaktik mexanizmlarning mavjudligi baholandi.
Jarayon doirasida xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminarlar tashkil etilib, mavzu bo‘yicha test sinovlari ham o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlar “O‘zbekgeofizika” AJda xalqaro standartlarga muvofiq menejment tizimini doimiy takomillashtirishga xizmat qiladi.



