Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filialida xalqaro audit muvaffaqiyatli o‘tkazildi!

12.11.2025
31

 Joriy yilning 10–11-noyabr kunlari “CERT International” xalqaro kompaniyasi tomonidan ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari asosida filial faoliyati bo‘yicha tashqi audit o‘tkazildi.

Audit natijalariga ko‘ra, filial rahbariyati va mas’ul xodimlarga korrupsiyaviy xavflarni boshqarish hamda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, filialning 20 nafar xodimi ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablari asosida maxsus kursni muvaffaqiyatli yakunlab, “CERT International” auditorlik kompaniyasi tomonidan sertifikatlarga ega bo‘ldi.

Tadbir davomida xodimlarning huquqiy ongini va madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar ham tashkil etildi. Unda Jamiyatning quyidagi ichki-normativ hujjatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi:

 “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”
 “Axloq kodeksi”
 “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati”
 “Qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish tartibi” va boshqalar.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech