“O‘zbekgeofizika” AJ xodimlari ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi
2025-yil 20-noyabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligida, “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Sanoat va ilm-fan: innovatsiyalarni rag‘batlantirish, texnologiyalar transferi va barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lida institutsional hamkorlik” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zbekgeofizika” AJ xodimlari faol ishtirok etdi.
Shek Evgeniy Yurevich, «O‘zbekgeofizika» AJ Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar bo‘limi boshlig‘i, anjumanda jamiyat faoliyatida innovatsiyalarni joriy etish va strategik boshqaruvni rivojlantirish tajribasi mavzusida ma’ruza bilan chiqdi.



