Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ xodimlari “Tatneft” PAOning 75 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

27.11.2025
198

Joriy yilning 12–13 noyabr kunlari “O‘zbekgeofizika” AJ xodimlari “Tatneft” PAO taklifiga binoan, Almetyevsk shahrida (Tatariston Respublikasi, RF) bo‘lib o‘tgan “Tatneft kompaniyasining innovatsion rivojlanishi: o‘tmish, bugun va kelajak” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Tadbir neft-gaz sohasi mutaxassislari, ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish korxonalari vakillarini birlashtirdi. Konferensiya davomida:

 neft sanoatining zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish istiqbollari;
 innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
 geologik-qidiruv va ishlab chiqarish jarayonlarining raqamlashtirilishi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

“O‘zbekgeofizika” AJ xodimlari geofizik tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar taqdim etib, xorijiy hamkorlar bilan tajriba almashdilar va muhokama sessiyalarida faol ishtirok etdilar.

Konferensiya yakunida kompaniya mutaxassislariga soha rivojiga qo‘shgan ilmiy-amaliy hissalarini e’tirof etuvchi sertifikatlar topshirildi.

Mazkur tadbir “O‘zbekgeofizika” AJ va “Tatneft” PAO o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va kasbiy aloqalarni kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech