Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ Orolbo‘yida sakso‘vul ekish aksiyasini o‘tkazdi

05.12.2025
187

Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, tuproq va havo eroziyasini kamaytirish maqsadida “O‘zbekgeofizika” AJ navbatdagi ekologik tadbirni amalga oshirdi.

Tashkilot xodimlari tashabbusi bilan Moynoq tumanidagi Orol dengizining qurigan tubida 17 500 dona sakso‘vul ko‘chatlari ekilib, mintaqaning ekologik holatini yaxshilashga qo‘shimcha hissasi qo‘shildi.

Sakso‘vul — cho‘l hududlarining tabiiy muhofazasida muhim o‘simlik bo‘lib, shamol eroziyasini kamaytirish, tuproqni mustahkamlash va havodagi chang tarkibini pasaytirishda katta ahamiyatga ega. Shu bois, “O‘zbekgeofizika” jamoasi ushbu amaliyotni yil sayin izchil davom ettirib kelmoqda.

Ekologik tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar va xodimlar bunday tashabbuslar kelajak avlod uchun sog‘lom va barqaror atrof-muhit yaratishga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

“O‘zbekgeofizika” AJ ekologik mas’uliyat, tabiatni a’vaylash va mintaqaning barqaror rivojlanishiga qaratilgan loyihalarni kelgusida ham davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech