Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“Oʻzbekgeofizika” AJda samaradorlikni oshirishga qaratilgan muhim qadamlar

20.01.2026
196

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 59-son farmoyishi ijrosini taʼminlash doirasida “Oʻzbekgeofizika” AJ faoliyatida samaradorlikni oshirishga qaratilgan qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, jamiyatda 2026-yilda mahsulot tannarxini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Unda raqamlashtirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda kadrlar bilan ishlash ustuvor yoʻnalishlar sifatida belgilangan.

Shuningdek, yangi dala mavsumi arafasida “Oʻzbekgeofizika” AJda seysmik qidiruv loyihalari rahbarlari uchun maxsus oʻquv-treninglar tashkil etildi. Mazkur treninglar loyihalarni samarali boshqarish, seysmik qidiruv ishlarining aniqligi va natijadorligini oshirish, xarajatlarni qisqartirish hamda ish jarayonlarini optimallashtirishga qaratilgan.

Ushbu chora-tadbirlar jamiyat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech