Strategiya va investitsiyalar qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27-yanvar kuni “O‘zbekgeofizika” AJ Kuzatuv kengashi huzuridagi Strategiya va investitsiyalar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Qo‘mita a’zolari, shu jumladan ikki nafar mustaqil a’zo, shuningdek Jamiyat Boshqaruvi a’zolari ishtirok etdi. Kun tartibiga Jamiyatning 2026-yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini ko‘rib chiqish masalasi kiritildi.
Biznes-reja ko‘rsatkichlari har tomonlama muhokama qilinib, uni Kuzatuv kengashi tasdiqlashiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.



