Xavfsizlik — ustuvor vazifa
Geofizika qidiruv ishlari olib borilayotgan hududlarda xavfsizlikni ta’minlash hamda xodimlarning favqulodda vaziyatlardagi harakat ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “O‘zbekgeofizika” AJ tarkibidagi “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filiali tomonidan o‘quv-taktik mashg‘ulot tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot Favqulodda vaziyatlar vazirligining Buxoro viloyati Kogon tumani bo‘linmasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakatlanish, evakuatsiya qoidalari hamda o‘zaro hamkorlik jarayonlari amaliy jihatdan sinovdan o‘tkazildi. Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilarga tegishli tavsiyalar berilib, bunday tadbirlar xodimlar xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi



