Kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
Kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
"O‘zbekgeofizika" AJda kiberxavfsizlik madaniyatini rivojlantirish hamda kiberhujumlarga qarshi ogohlikni oshirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar organlarining kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmasi boshlig‘i J. Narzullayev, soha mutaxassislari hamda jamiyat xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida kiberjinoyatlarning asosiy turlari, ularni aniqlash va oldini olish mexanizmlari, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlashda xodimlarning shaxsiy mas’uliyati masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan real misollar asosida tushuntirishlar berildi hamda xodimlar doimiy ogohlikka chaqirildi.
Mazkur tadbir jamiyatda kiberxavfsizlik madaniyatini mustahkamlash va zamonaviy tahdidlarga qarshi samarali himoya choralarini shakllantirishga xizmat qiladi.



