Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJda korrupsiyaga qarshi profilaktik seminarlar o‘tkazildi

15.04.2026
19

Joriy yilning 30–4-aprel kunlari "O‘zbekgeofizika" AJ filiallari va partiyalarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarlar davomida jamiyatning “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Axloq kodeksi” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati” talablari, shuningdek korrupsiyaviy harakatlar uchun intizomiy va jinoiy javobgarlik tamoyillari hamda qonunbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartiblari tushuntirildi.

Tadbirlar "O‘zbekgeofizika" AJ Yakkabog‘ GE filialining “Jambulok” va “Sho‘rja” partiyalari, "Farg‘ona GE" filialining “Sharqiy Orol” partiyasi hamda "Ustyurt GE" filialining “Aktumsuq”, “Qoraqalpoq 3-D” va “Ustyurt kon-geofizika” dala partiyalarida tashkil etildi.

Seminar va profilaktik suhbatlarda jami 150 nafar ishchi-xodim ishtirok etdi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech