“O‘zbekgeofizika” AJda korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 13–17-aprel kunlari "O‘zbekgeofizika" AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Buxoro GE” filialining “Qorovulbozor-2” va “Buxoro–Xiva” dala partiyalari hamda “Amirobod kon-geofizika ekspeditsiyasi” filiali otryadlari ishchi-xodimlari ishtirokida tushuntirish va profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda jami 100 nafar xodim qatnashdi.
Tadbir davomida jamiyatning “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Axloq kodeksi” hamda “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish siyosati” talablari, shuningdek korrupsiyaviy harakatlar uchun intizomiy va jinoiy javobgarlik tamoyillari hamda qonunbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartiblari tushuntirildi.



