Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJda sayyor qabullar o'tkazildi

24.04.2026
8

23-24 aprel kunlari "O'zbekgeofizika" AJning “Amirobod kon geofizika ekspeditsiyasi” va “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filiallarida “O‘zbekneftgaz” AJ bosh geologi N.U. Muxutdinov va “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi R. A. Yusupjonov raisligida sayyor qabullar o'tkazildi.

Muhokama davomida xizmatlar sifatini oshirish, geofizik xulosalarni o‘z vaqtida yetkazib berish, mutaxassislar malakasini muntazam oshirib borish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy texnika va ilg‘or dasturiy vositalar bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xodimlarning shaxsiy murojaatlari tinglanib, ularni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Sayyor qabullardan asosiy maqsad – xodimlar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, muammolarni joyida bartaraf etish va umumiy ish samaradorligini oshirishdan iborat.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech