“O‘zbekgeofizika” AJda seminar o‘tkazildi
“O‘zbekgeofizika” AJning “Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi” filialida joriy yilning 18-may kuni korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens siyosati va ichki tartib-qoidalarga rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar hamda davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Axloq kodeksi”, “Shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati” hamda “Sovg‘a berish va qabul qilish siyosati” talablari tushuntirildi.
Seminarda 61 nafar filial xodimi ishtirok etdi.



