Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish va korporativ odob-axloq qoidalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

02.06.2026
13


“O‘zbekgeofizika” AJda tasdiqlangan ichki me’yoriy hujjatlar talablarini xodimlarga tushuntirish maqsadida seminar va davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbir davomida Jamiyatning “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq kodeksi”, “Shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati” hamda “Sovg‘a berish va qabul qilish siyosati” mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Seminar “O‘zbekgeofizika” AJning bevosita bo‘ysinuvchi Zaxiralarni hisoblash bo‘linmasida o‘tkazilib, unda 21 nafar xodim ishtirok etdi.

Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish, Jamiyatda ochiqlik, halollik, mas’uliyat va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech