“O‘zbekgeofizika” AJning “Buxoro GE” filialida korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens talablari bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi
“O‘zbekgeofizika” AJda tasdiqlangan ichki me’yoriy hujjatlar talablarini xodimlarga yetkazish hamda ularning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida “Buxoro GE” filialining dala partiyalarida seminar va davra suhbatlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida Jamiyatning “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq kodeksi”, “Shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish siyosati”, “Sovg‘a berish va qabul qilish siyosati”, shuningdek, komplayens siyosati talablari hamda ichki tartib-qoidalarga amal qilish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Seminar va davra suhbatlarida jami 50 nafar filial xodimi ishtirok etdi.
Mazkur tadbirlar xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish, Jamiyatda ochiqlik, halollik, mas’uliyat va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.



