Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar va profilaktik tadbir o‘tkazildi
“O‘zbekgeofizika” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ichki me’yoriy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi siyosat” va boshqa ichki hujjatlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda 2026-yil 10-iyun kuni “Amirobod KGE” filiali hamda “Koson” partiyasi xodimlari ishtirokida seminar va profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda jami 100 nafar xodim ishtirok etdi.
Seminar davomida korrupsiyaviy harakatlar uchun javobgarlik, turli qonunbuzarliklar, shu jumladan, odob-axloq qoidalari, ichki tartib-qoidalar va mehnat intizomi talablarini buzish oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida aloqa kanallari orqali xabar berish tartibi, kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tamoyillari hamda xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
“O‘zbekgeofizika” AJda qonuniylik, ochiqlik va halollik tamoyillarini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.



