Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha seminar va profilaktik tadbir o‘tkazildi

12.06.2026
28

“O‘zbekgeofizika” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ichki me’yoriy hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish, shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi siyosat” va boshqa ichki hujjatlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda 2026-yil 11-iyun kuni “Yakkabog‘ GE” filiali xodimlari ishtirokida seminar va profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirda jami 41 nafar xodim ishtirok etdi.

Seminar davomida korrupsiyaviy harakatlar uchun javobgarlik, turli qonunbuzarliklar, shu jumladan, odob-axloq qoidalari, ichki tartib-qoidalar va mehnat intizomi talablarini buzish oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida aloqa kanallari orqali xabar berish tartibi, kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish tamoyillari hamda xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

“O‘zbekgeofizika” AJda qonuniylik, ochiqlik va halollik tamoyillarini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech