“Mahallada obodlik va mehr- saxovat oyligi” doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
“O‘zbekgeofizika” AJ va uning hududiy ekspeditsiyalarida “Mahallada obodlik va mehr-
saxovat oyligi” doirasida xodimlar ishtirokida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida Jamiyat hamda ekspeditsiyalar hududi va uning atrofidagi bog‘lar, ariqlar, yo‘l chetlari hamda bino ichidagi xizmat xonalari tartibga keltirildi. Daraxt va butalar parvarishlandi, yashil hududlar obodonlashtirildi, yo‘l chetiga o'rnatilgan to'siqlar oqlandi.
Jamoaning ahilligi va hamjihatligi bilan amalga oshirilgan ushbu ishlar hududlarning yanada ozoda, ko‘rkam va fayzli bo‘lishiga xizmat qildi.
Tadbir yakunida jamoat ishlarida faol qatnashib, sidqidildan mehnat qilayotgan hamda soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



