Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Ishchi guruhning ish safari davom etmoqda

13.08.2026
20

“O‘zbekneftgaz” AJ Bosh geologi, Geologiya departamenti boshlig‘i hamda “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ish safarini davom ettirmoqda.

Ishchi guruh tomonidan Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi filialiga qarashli Karaumbet 3D dala partiyasi faoliyati o‘rganildi.

Jarayon davomida dala partiyasining umumiy holati, texnikalarning yaroqliligi, xodimlarning mehnat va yashash sharoitlari hamda olib borilayotgan seysmik ishlarning sifati ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullar bilan muhokama o‘tkazilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech