Ishchi guruh tomonidan Mo‘ynoq-12 qudug‘ida olib borilayotgan otish-teshish ishlari holati o‘rganildi. Mo‘ynoq-9 qudug‘ida burg'ilash jarayonida geologik-texnologik tadqiqot (GTT) ishlarining sifat darajasi tahlil qilindi.
“Ustyurt GE” filialining Uchsoy kichik bazasi hamda Shag‘irli 3D dala partiyasining holati, texnikalarning yaroqliligi, xodimlarga yaratilgan sharoitlar va texnika xavfsizligi talablari ijrosi o‘rganildi. Aniqlangan muammo va takliflar qayd etildi.
Shundan so‘ng “Farg‘ona GE” filialiga qarashli Sharqiy Orol 2D seysmik dala partiyasida barcha vagon-uylardagi sharoitlar, xodimlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda partiyaning texnik holati batafsil o‘rganildi.
Shuningdek, yangi strukturalarni aniqlash maqsadida olib borilayotgan loyihalarning sifati, ishlarni bajarish muddatlari va ishlarning borishi tahlil qilindi. Ishlar sifatini pasaytirmagan holda jarayonlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.



