MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN XODIMLAR TAQDIRLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zbekgeofizika” AJning ishlab chiqarish faoliyatida samarali mehnat qilib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh fidoyi xodimlar yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar.
Xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Mustaqillikning 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Mazkur yuksak mukofotlar “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu e’tirof — xodimlarning ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga sadoqati, fidoyiligi hamda mamlakatimiz geofizika sohasini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasining yorqin ifodasidir.



