Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Mustaqillikning 35 yilligi “O‘zbekgeofizika” AJda ko‘tarinki ruhda nishonlandi

28.08.2026
12

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zbekgeofizika” AJ va uning filiallarida bayram tadbirlari hamda bayram dasturxonlari tashkil etildi.

Tadbir avvalida “O‘zbekneftgaz” AJ Bosh geologi N. Muhiddinov tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi A. Sanginovning O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O’zbekgeofizika” AJ mehnat jamoasiga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi.

Bayram tadbirlari davomida Jamiyat ravnaqi, soha rivoji va jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan xodimlarning mehnati munosib e’tirof etildi. Jumladan, 135 nafar xodimga bir lavozim maoshi (okladi) miqdorida pul mukofoti, 150 nafardan ortiq xodim esa Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, neft-gaz, geologiya va geofizika sohalari, xususan, “O‘zbekgeofizika” AJ taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan mehnat faxriylariga alohida e’tibor qaratilib, ularga Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbirlar davomida xodimlarning fidokorona mehnati, Jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, jamoada shakllangan ahillik va hamjihatlik muhiti alohida ta’kidlandi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech