Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“PROFNEFT” — xalqaro kasb mahorati tanlovida “O'zbekgeofizika” AJ g‘olib!

06.09.2026
11

Joriy yilning 5 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining Almetyevsk shahrida “Neft va gaz sanoati xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan “Tatneft” guruhi tomonidan soha xodimlari o‘rtasida “PROFNEFT” kasb mahorati tanlovi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekgeofizika” AJ mazkur nufuzli tanlovda ikkinchi yil neft va gaz quduqlarida kon-geofizika ishlari yo’nalishida ishtirok etmoqda. Bu yil jamiyat sharafini “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filialining kon geofizika partiyasi xodimlari munosib himoya qilib, qizg‘in va murosasiz bahslarda barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Tanlovda quyidagi kompaniyalar jamoalari ham ishtirok etdi:

“Ozenpromgeofizika” — Qozog‘iston Respublikasi
“SOCAR” — Ozarbayjon Respublikasi
“TNG-Algis” — Rossiya Federatsiyasi
“TNG-Group” — Rossiya Federatsiyasi
“Bashneft” — Rossiya Federatsiyasi

Tanlovning asosiy maqsadi — soha xodimlarining kasbiy mahorati va texnik tayyorgarlik darajasini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish, soha mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish hamda neft va gaz sanoati kasbini ommalashtirishdan iborat.

“Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filialining ushbu xalqaro tanlovdagi g‘alabasi — nafaqat jamoaning yuksak kasbiy mahorati, balki “O‘zbekgeofizika” AJning xalqaro maydondagi munosib nufuzi va salohiyatining yorqin ifodasidir!

G‘olib jamoamizni ushbu katta muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!

Yangi marralar va ulkan zafarlar sari!

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech