Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ va “INOVA SYSTEM CORPORATION” kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

24.09.2026
101

“O‘zbekgeofizika” AJ va “INOVA SYSTEM CORPORATION” kompaniyasi o‘rtasida 2 ta seysmik majmua, jami 40 000 kanal NOD hamda 24 dona vibratorni ishga tushirish hamda ishlarni tezlashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Mazkur shartnoma doirasidagi vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, zamonaviy seysmik uskunalarni yetkazib berish muddatlari, vibratorlar uchun ehtiyot qismlar ta’minoti, texnik xizmat ko‘rsatish hamda kelgusidagi ishlar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalarni batafsil muhokama qilish maqsadida “INOVA SYSTEM CORPORATION” kompaniyasining Osiyodagi regional direktori bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi hamda jamiyatning tegishli mutaxassislari ishtirok etdi.
Muloqot davomida shartnoma shartlarining bajarilishi, uskunalarni yetkazib berish jarayonini muvofiqlashtirish, vibratorlarning ehtiyot qismlari bilan ta’minlash, texnik qo‘llab-quvvatlash va servis xizmatlarini tashkil etish, shuningdek, seysmik ishlarni samarali olib borish bo‘yicha muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud masalalarni tezkor hal etish va belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech