Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi

12.10.2026
36

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Z.S. Karayevning 2026-yil 17-sentabrdagi topshiriq xati ijrosini ta’minlash, shuningdek, Jamiyatda shaffoflik va halollik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida har haftaning payshanba kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” etib belgilandi.

Shu munosabat bilan, 2026-yil 24-sentabr kuni “O‘zbekgeofizika” AJ ijro apparati xodimlari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi. Unda 30 nafar xodim qatnashdi.

Seminar davomida xodimlarga Jamiyatning Odob-axloq kodeksi talablari hamda Ichki tartib qoidalarining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda halollik, mas’uliyat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilish hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday o‘quv tadbirlari xodimlarning huquqiy va axloqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda Jamiyatda ochiqlik va halollik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech