“O‘zbekgeofizika” AJda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi
2026-yil 8-oktabr kuni “O‘zbekgeofizika” AJ ijro apparati xodimlari ishtirokida qonunbuzarliklar, jumladan, odob-axloq qoidalarining buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish tartiblariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ehtimoliy qonunbuzarliklar haqida aloqa kanallari orqali xabar berish, kelib tushgan xabarlarni ko‘rib chiqish, xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish tartiblari, shuningdek, korrupsiyaviy harakatlar sodir etganlik uchun intizomiy va jinoiy javobgarlik masalalari tushuntirildi.
Shuningdek, Jamiyat raisining o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari hamda tarkibiy bo‘linmalar xodimlariga korrupsiyaning salbiy oqibatlari, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish hamda korrupsiyaviy holatlarga nisbatan befarq bo‘lmaslikka qaratilgan targ‘ibot materiallari va bukletlar tarqatildi.
Mazkur tadbir xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, qonunbuzarliklarning oldini olish va Jamiyatda halollik hamda shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.



