Togʼ-kon sanoati va geologiya vazirining maslahatchisi N. Muxutdinov va «Oʼzbekgeofizika» АJ boshqaruv raisi R.Yusupjonov Xorazm viloyatiga ishchi safariga bordilar

Davlat dasturida belgilangan vazifalarni oʼz vaqtida va samarali bajarish, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va ishonchliligini oshirish, shuningdek dala sharoitida ishchi xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlarini oʼrganish maqsadida Togʼ-kon sanoati va geologiya vazirining maslahatchisi N. Muxutdinov va «Oʼzbekgeofizika» АJ boshqaruv raisi R.Yusupjonov Xorazm viloyatiga ishchi safariga bordilar. Tashrif davomida viloyatda olib borilayotgan dala geofizika ishlarining borishi koʼrib chiqildi.
Joriy yilda Xorazm vohasida jami 3 ta loyiha asosida dala geofizika ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Yanvarь-fevralь oylarida hududda «Oʼzbekgeofizika» АJ “Fargʼona geofizika ekspeditsiyasi” filialining dala partiyalari tomonidan 2D seysmik qidiruv ishlari 115 pog.km, elektrorazvedkaning MTZ, ChZ-VP usullari bilan 550 f.n. hajmlarda rejaga nisbatan 100% ga bajarildi.
Safar davomida mineral-xom ashyo bazasini koʼpaytirish maqsadida uglevodorod resurlarini oʼstirishga oid materiallar oʼrganildi va masʼul ijrochilarga tegishli koʼrsatmalar berildi.