Spartakiada musobaqalari o'tkazildi.

"O'zbekgeofizika" AJ ning Yoshlar ittifoqi va Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi hamkorligida tuzilgan "Yo'l xaritasi"ga muvofiq "Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi" filialida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarining oila a'zolari o'rtasida "Mening mustahkam oilam" shiori ostida spartakiada musobaqalari o'tkazildi.
Ushbu sport musobaqasida 7 ta oila qatnashib, munosib o'rinlarni qo'lga kiritdilar.
G'olib jamoalar va ishtirokchilar farzandlari filial kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan taqdirlandilar.