“O‘zbekgeofizika” Ajning “Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi” filiali 2024 yilda ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha ichki auditdan o‘tkazildi.

“O‘zbekgeofizika” AJning 2024 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshiriladigan “Chora-tadbirlar” Dasturi doirasida “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisining 2024 yil 7 may kunidagi 48-son buyrug‘iga asosan 2024 yilning may oyida “O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi” filialining korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi ISO 37001:2016 halqaro standart talablariga muvofiqligi yuzasidan ichki auditdan o‘tkazildi.
Ekspeditsiya xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularni xuquqiy ongini va madaniyatini yuksaltirish maqsadida belgilangan tadbirlar doirasida “Korrupsiya qarshi kurashish bo‘yicha Siysati”, “Odob-axloq” Kodeksi, “Sovg‘alar berish va olish Siyosati”, sodir etilishi mumkin bo‘lgan korruspiyaviy qonunbuzarliklar va ular to‘g‘risida habar berish tartibi va Jamiyatning aloqa kanallari to‘g‘risida seminar o‘tkazildi hamda natijalari bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.
Shu bilan birga filialning 9 nafar mas’ul xodimlariga “CERT International” halqaro auditorlik kompaniyasini jalb qilgan holda ISO 37001:2016 halqaro standarti talablari asosida maxsus o‘qitish kursi natijalari bo‘yicha tegishli sertifikatlar topshirildi.