Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Alan loyihasi bo'yicha ishlarni boshlash rejalashtirilgan

03.02.2023
1232

"Buxoro geofizika ekspedisiyasi" filialining 3D dala partiyasi tomonidan "O'zbekneftegaz" AJ bilan shartnoma asosida yangi 01/23-24 sonli Alan loyihasi bo'yicha ishlarni boshlash rejalashtirilgan.

Buxoro-Xiva neft va gazli hududidagi muborak regionining Alan, Kultak, Zevarda kabi konlarning qo'shimcha istiqbollarini o'rganish, hamda yangi maydonlarni aniqlash va ularni burg'ilash ishlariga tayyorlash maqsadida joriy yilda 800 kv.km hajmda 3D seysmik qidiruv ishlarini bajarish reja qilingan.
Shu maqsadda 3D dala partiyasi lageri va mavjud texnikalari Buxoro viloyatidan Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumaniga ko'chirildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech