“O‘zbekgeofizika” AJga Qirg‘iziston Respublikasidan delegatsiya tashrif buyurdi

“O‘zbekgeofizika” AJga Qirg‘iziston Respublikasidan “Qirg‘izneftgaz” ОAJ bosh geologi Tashtanaliev U.T. boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyati qoshidagi petrofizika laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi. Muzokaralar davomida tomonlar geologiya-qidiruv sohasidagi hamkorlik chora-tadbirlarini, jumladan, “O‘zbekgeofizika” AJ laboratoriyasida “Mejdurechenskaya” maydonidagi birinchi razvedka qudug‘idan olinadigan kern tahlilini o‘tkazish bo‘yicha shartnomaviy ishlarni muhokama qildilar.