Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

"O'zbekgeofizika" AJning, seysmik qidiruv ma’lumotlarini qayta ishlash partiyasi yetakchi mutaxassislari "AspenTech" - Paradigm kompaniyasi (Niderlandiya) tomonidan tashkil etilgan XXI anjumanida ishtirok etishdi

20.09.2022
698

"O'zbekgeofizika" AJning, seysmik qidiruv ma’lumotlarini qayta ishlash partiyasi yetakchi mutaxassislari "AspenTech" - Paradigm kompaniyasi (Niderlandiya) tomonidan tashkil etilgan XXI anjumanida ishtirok etishdi. 12-16 sentyabr kunlari Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida o'tkazilgan anjumanda neft va gaz konlari qidiruvida innovatsion yondashuvlar va yangi bilim-ko'nikmalar muhokama qilindi. Konferensiyada ASPENTECH, GAZPROM, LUKOIL, TATNEFT va boshqa ko'plab nufuzli tashkilotlarning yetuk mutaxassislari o'zlarining innovatsion yondashuvga asoslangan ishlanma va tadqiqotlari bilan ishtirok etishdi va o'zaro fikr almashishdi. Muhammadiyev Amirhon va Kalimbetov Narimon "O'zbekgeofizika" AJ da olib borilayotgan geofizik ishlar va olingan natijalar bo'yicha o'z ishlanmalari va tadqiqotlari bilan konferensiyada nutq so'zladilar.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech