“Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filialiga qarashli dala partiyasiga tashrif buyurildi.

Togʼ-kon sanoati va geologiya vazirining neft va gaz geologiya qidiruvi masalalari boʼyicha maslahatchisi N. Muxutdinov va “Oʼzbekgeofizika” АJ Boshqaruv raisi R.Yusupjonov “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filialiga qarashli dala partiyasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida “Oʼzbekneftgaz” AJ buyurtmasi asosida Qashqadaryo viloyati hududidagi Аlan maydonida olib borilayotgan 3D seysmik qidiruv ishlari koʼzdan kechirildi. 01/23-24 sonli Аlan 3D loyihasi doirasida hududda joylashgan istiqbolli strukturalar boʼyicha sifatli seysmik materiallar olish, ularning chuqur geologik modellarini yaratish, karbonat va terrigen yura yotqiziqlari boʼyicha chuqur izlov burgʼilashga tayyorlash maqsad qilingan. Shuningdek, tashrif davomida loyiha boʼyicha ishlarni texnik qoʼllab-quvvatlash va xodimlarga mehnat sharoitlarni yanada yaxshilash boʼyicha chora-tadbirlar belgilandi.