“Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida

Respublikamizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida “O‘zbekgeofizika” AJ jamoasi ham o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.
Jumladan, joriy yilning kuz mavsumida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Farg‘ona viloyatlari hududlarida saksovul, terak, tol, tut hamda boshqa manzarali daraxtlar ekilmoqda. Bugungi kunga kelib jami 13 mingdan ortiq ko‘chatlar ekilgan.
Mazkur jarayonda Jamiyat tarkibiy bo‘linmalari xodimlari faol ishtirok etib, ushbu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shmoqda.