Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

Burg‘ulash uskunasini yanada samarali ishlatish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

12.04.2023
586

“Oʼzbekgeofizika” АJ mutaxassislari 2022 yilning IV choragida ishlangan dala geofizik materiallarini sifatini baholash hamda qabul qilish maqsadida “Yakkabogʼ geofizika ekspeditsiyasi” filialida xizmat safarida boʼldilar.

Ish davomida hududlarga chiqib, №14/20-23 sonli Chamanzor 2D, hamda “Oʼzbekneftgaz” АJ buyurtmasi asosida ishlayotgan №2/23-26 sonli Jambulak 3D dala partiyalarining ish uslubi, texnologiyasi va asbob-uskunalarning texnik holati tekshirildi.

Dala partiyalarining yetakchi mutaxassislariga aholi yashash hududlarda ish uslubiyotini toʼgʼri tanlash, asbob-uskunalarni texnik soz holatda ishlatish, hamda hududning tektonik-geologik tuzilishidan kelib chiqib sifatli material olish, ularni tezkor qayta ishlash boʼyicha tavsiya va topshiriqlar berildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech