2024 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan Yoshlar dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 13 may kuni “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2024 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan Yoshlar dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 13 may kuni “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Majlislar zalida “O‘zbekgeofizika” AJ hamda barcha filiallar yoshlari ZOOM videoaloqa platformasi orqali ishtirok etishdi. Tashkilot rahbari tomonidan “O‘zbekgeofizika” AJ dagi o‘zgarishlar va yangiliklar haqida ma’lumot berildi va yig‘ilishda ishtirok etayotgan yoshlar hamda filial yoshlarining takliflari eshitildi. Yig‘ilish yakunida Boshqaruv raisi yoshlarni har tomonlama bilimlarini oshirish va tajribalarini orttirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.