Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJda neft-gaz sohasi bo‘yicha qo‘shma ilmiy kengash yig‘ilishi

02.06.2025
252

“O‘zbekgeofizika” AJda 2025-yil 29–30-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda neft va gaz geologiyasi, geofizikasi va burg‘ilash ishlari holati hamda istiqbollari yuzasidan kengaytirilgan qo‘shma ilmiy-texnik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi asosiy masalalar:
 Uglevodorod zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
2025-yil uchun geologiya-qidiruv rejalari va prognoz ko‘rsatkichlari;
Hududlar kesimidagi geologik faoliyat tahlili;
Ilmiy-tadqiqot natijalari va geofizik ishlanmalar.

Yig‘ilishda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekgeofizika” AJ hamda "Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti" DM mutaxassislari ishtirok etib, 2025-yilning dastlabki 5 oyida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech