Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruvi raisi R.A. Yusupjonovning 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tabrigi.

11.11.2022
640

Hurmatli hamkasblar, kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, a’zolari, kasaba uyushma faollari va faxriylar!

Sizlarni Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Prezidentimizning 11 noyabr – O‘zbekistonda “Umumxalq bayrami” sifatida dam olish kuni deb e’lon qilganliklari, Sizlarga berilgan ulkan e’tibor va ishonch namunasidir.

Shuni e’tirof etish joizki, o‘tgan 5 yil davomida davlat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik rivoj topib, yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari qo‘mitasining ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, xodimlarning mehnat huquqlarini samarali himoya qilish, mehnat sohasidagi milliy qonunchilikni takomillashtirishda ishtirok etish yo‘nalishlaridagi faoliyati sezilarli darajada oshdi.

Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda uning tarkibidagi boshlang‘ich tashkilotlar bilan ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida ishchi-xodimlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha jamoa shartnomasi orqali joriy yilning o‘tgan davrida "O‘zbekgeofizika" AJda ham samarali ishlar amalga oshirildi.

Bir qancha sport tadbirlari, ma’naviy-marifiy davra suhbatlari, turli xil O‘zbekiston bo‘ylab ichki turizmni rivojlantirish maqsadida ekskursiyalar, mehr-sahovat tadbirlari, konsertlar va shu kabi tadbirlarni yuqori darajada tashkillashtirishda Sizlarning o‘rningiz beqiyos.

Fursatdan foydalanib, ushbu bayram munosabati bilan “O‘zbekgeofizika” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining barcha a’zolariga, ishchi-xodimlar manfaati yo‘lida amalga oshiriyotgan muhim ishlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Adolat, hamjihatlik tamoyillariga asoslangan shonli kasaba uyushma bilan an’analarimiz yanada mustahkamlanib, faoliyatingiz doimo mamnunlik olib kelsin!


Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech