“O‘zbekgeofizika” AJ Farg‘ona filiali rahbarlari va mas’ul xodimlari bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha tadbirlar

Joriy yilning 8-9 fevral kunlari “O‘zbekgeofizika” AJning “Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi” filiali raxbar va mas'ul xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib borildi.
Filial xodimlariga “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati”, “Odob-ahloq” Kodeksi, “Manfaatlar to‘qnashivini boshqarish bo‘yicha” Nizomi va boshqa bir qator ichki me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shu bilan birga, “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha” Nizom talablariga asosan Filial xodimlari tomonidan 2023 yilda manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish bo‘yicha to‘ldirilgan Deklaratsiyalar hisoboti va vakant lavozimlarga xodimlarni ishga olish bo‘yicha ichki-me’yoriy hujjatlar o‘rganilib tegishli ko‘rsatmalar berildi.