"O'zbekgeofizika" AJ mas'ul xodimlar ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi siyosat"bo' yicha seminarlar o'tkazildi

2024 yilning 29-30 may kunlari Jamiyat Kuzatuv Kengashi va Boshqaruv organing korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha berilgan topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zbekgeofizika” AJ ijro apparati xodimlari ishtirokida O‘zbekgeofizika” AJning “Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati, “Axloq” Kodeksi, “Shartnomalarni kelishish, imzolash va ijro etish Siyosati”, “Sovg‘a berish va qabul qilish Siyosati” hamda mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklar, shu jumladan, odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida aloqa kanallari orqali ma’lumot berish tartibi to‘g‘risida seminar o‘tkazildi. O‘tkazilgan seminarlar natijalari bo‘yicha jamiyat xodimlari test sinovlaridan o‘tkazildi.