"O‘zbekgeofizika" AJ — xalqaro standartlar sari yana bir muvaffaqiyatli qadam!

2025-yil 10–11-iyul kunlari “O‘zbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatida ISO 37001:2016 – korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi bo‘yicha xalqaro standart talablariga muvofiq tashqi audit muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Audit jarayonlari nufuzli va mustaqil tashkilot — “CERT International” xalqaro kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.
Audit natijalari Jamiyat faoliyatida halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilinayotganini yana bir bor tasdiqladi. Shu bilan birga, mas’ul xodimlarga korrupsion xavflarni boshqarish va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
“O‘zbekgeofizika” AJ kelgusida ham xalqaro talab va tamoyillarga asoslangan faoliyat yuritishni davom ettirishga intiladi.