“O‘zbekgeofizika” AJ

“O‘zbekgeofizika” AJga “Qirg‘izneftgaz” AJ geologiya boshqarmasi boshlig‘i Ibaydulla Azimov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif buyurdi. Tashrif davomida “O‘zbekgeofizika” AJ mutaxassislari tomonidan “Qirg‘izgeofizika” AJ bilan shartnoma bo‘yicha amalga oshirilgan yakuniy qayta ishlash va talqindan so‘ng seysmik ma’lumotlar o‘rganildi, Qirg'iziston Respublikasi hududidagi Kugart ch o‘kmasi Mejdurechenskaya maydonida chuqur burg‘ulash uchun 1-parametrik qudug‘ining joyi belgilandi. Jamiyat rahbariyati qirg‘izistonlik hamkasblari bilan muzokaralar olib bordi, hamda kon va dala geofizikasi, uglevodorod zahiralarini hisoblash, kernlarning petrofizik tahlili yo‘nalishlari bo‘yicha kelgusi hamkorlikka oid taqdimot o‘tkazildi.