Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda
Ру O'z En

“O‘zbekgeofizika” AJ “Geofizika ishlari sifatini boshqarish tizimi” navbatdagi sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli o'tdi

15.06.2023
593

“O‘zbekgeofizika” AJ da ISO 9001:2015 xalqaro standartining barcha talablari va tashkilotning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda Geofizika ishlari sifatini boshqarish tizimi (GF SBT) ishlab chiqarishga joriy etilgan, sertifikatsiyadan o‘tkazilgan va ishchi holatda yuritib kelinmoqda.

Jamiyat 2023-yilda GF SBTning navbatdagi sertifikatlashtirish auditidan muvaffaqiyatli o'tdi. Bu korxonaning barcha mavjud tizimlarini doimiy ravishda takomillashtirish va tahlil qilish, sifatni qat'iy nazorat qilish va faoliyat samaradorligini o‘lchash natijasidir.

Ayni damda “O‘zbekgeofizika” AJ “DQS QUALITY SYSTEMS” (Frankfurt-Mayn, Germaniya) xalqaro sertifikatlashtirish organi vakillari tomonidan berilgan Xalqaro va Milliy muvofiqlik sertifikatlarga ham ega.

Eski saytga o'tish
Ishonch telefoni
Qayta bog`lanish
Telegram kanali
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech